Biz kimmiz?
Kubro textile– O'zbekistonning ilg'or tekstil kompaniyalaridan biri bo'lib, yuqori sifatli elastik lentalar va shnurlar ishlab chiqarishga ixtisoslashganmiz.
Kompaniyamizning o'ziga xosligi shundaki, biz baklajka chiqindilaridan polyester ip ishlab chiqaramiz va undan tekstil aksessuarlarini tayyorlaymiz.
Ushbu jarayon orqali yurtimizni ekologik tozaligiga hissa qo'shish bilan birga, mahsulotlarimiz ekologik barqarorligini ta'minlaymiz.
Biz O'zbekistonda bu yo'nalishda yetakchi kompaniya bo'lib, ekologik mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha eng yirik korxonalardanmiz.
Innovatsiyalar va atrof-muhitni asrashga bo'lgan intilishimiz bilan mahsulotlarimiz xalqaro standartlarga javob beradi. Mijozlarimiz bizni sifat va tezlik bilan yetkazib bera olganimiz uchun tanlashadi va uzoq muddatli hamkorlikka intilamiz.
Bizning missiyamiz:
Bizning missiyamiz yer yuzida global o'zgarishlarga sabab bo'layotgan, atrof-muhitimizni chiqindiga aylantirib borayotgan plastiklarga qayta hayot berish va bu bilan insoniyatga zarar bo'layotgan bu chiqindilarni foydali mahsulotga aylantirish!
Nima uchun bizni tanlashadi?
Biz mijozlarimiz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishlariga yordam beramiz, buning uchun o'zimiz ham aynan aksessuar yo'nalishida ishlab chiqarish jarayonlarimizni eng optimal holatga keltirganmiz.
Bizga xom ashyo yetkazib beruvchilari ham dunyoning turli nuqtalaridan sohalarining eng yirik kompaniyalari hisoblanadi, shuning uchun eng optimal narxdagi xom ashyolar bilan qulay narx va sifatli mahsulotni taklif qila olamiz!
Bizni mijozlarimiz kimlar?
Bizni mijozlarimiz asosan tekstil mahsulotlari ishlab chiqauvchilari, jumladan tayyor kiyim ishlab chiqaruvchilari, tibbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari, sumkalar, mebel mahsulotlari, ekologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari, umuman tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va tekstil aksessuarlari savdosi bilan shug'ullanuvchi do'konlar!
Address
Uzbekistan, Namangan, Quruvchilar 59
Phone
+998781139931